20:12 / 06.11.2015
10001

KUN.UZ dayjesti: 6 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 6 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Katta Jorj Bush o‘z o‘g‘li Kichik Jorj Bush va uning o‘rinbosari Dik Cheynini tanqid ostiga oldi>>

AQShning sobiq prezidenti Katta Jorj Bush AQShning yana bir sobiq prezidenti, o‘zining o‘g‘li Kichik Jorj Bushni va uning sobiq yordamchilarini tanqid ostiga oldi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.

Oq uy: AQShda A321 bortida portlash yuz bergani versiyasi foydasiga ma'lumotlar bor>>

AQSh Britaniya hukumatining Misrda qulagan A321 samolyoti bortida bomba portlagani haqidagi versiyani tasdiqlovchi ma'lumotga ega, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest. 

NATO generali: Rossiya armiyasining yangi imkoniyatlari bizni g‘aflatda qoldirdi>>

Rossiya armiyasining yangi texnik imkoniyatlari NATO uchun butunlay kutilmagan vaziyat bo‘ldi, deb aytdi Bryunsyumdagi (Niderlandiya) NATO birlashgan kuchlari qo‘mondoni, nemis generali Xans-Lotar Domryoze. Uning so‘zlarini Bild gazetasi keltirib o‘tdi.

Nursulton Nazarboyev Fransiyada 5 mlrd dollarlik shartnomalarni imzoladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Fransiya prezidenti Fransua Ollandning taklifi bilan Fransiyaga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida 5 noyabrda Parijda uning Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.     

Braziliyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi>>

Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida to‘g‘on qulashi natijasida 16 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lumotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Noqulay ob-havo oktabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishiga olib keldi>>

BMT qoshidagi xalqaro Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning oziq-ovqat mahsulotlari narxi indeksi 2015 yilning oktabr oyida o‘rtacha 162 punktni tashkil etdi. U sentabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,9 foiz, o‘tgan yilga qaraganda esa 16 foizga oshdi.

Times: AQSh va Britaniya A321 bortiga IShID tomonidan bomba qo‘yilgani haqidagi yozishmani aniqlagan>>

Amerikalik va britaniyaliklar razvedka xizmatlari hamkorlikda sun'iy yo‘ldosh vositasidan foydalangan holda o‘tgan oy oxirida Sinayda Rossiyaga tegishli A321 samolyoti qulab tushishi IShID tomonidan amalga oshirilgan terakt tufayli ro‘y bergani haqida ma'lumotlar olishgan. Bu haqda Times nashri xabar qilgan.

Tojikiston prezidenti Tojikiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan yurtdoshlariga telemurojaat bilan yuzlandi>>

5 noyabrda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tojikiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligi munosabati bilan yurtdoshlariga telemurojaat bilan yuzlandi. 

Charlie Hebdo A321 halokati ustidan kuldi>>

Fransiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali o‘z sahifalarida Rossiyaning A321 avialaynerining qulashi bilan bog‘liq ikkita karikatura joylashtirdi.

OAV: AQSh har bir suriyalik jangchini tayyorlashga 2 mln dollar sarfladi>>

Pentagon Suriya muxolifat kuchlari uchun harbiy guruhlar tayyorlashga 384 mln dollar sarflashga ulgurdi. Ammo hozirlikka kelib bu tashabbusdan voz kechildi, deb yozadi USA Today nashri.

Rossiya maxsus xizmati rahbari: Rossiyadan Misrga parvozlarni to‘xtatib turish lozim>>

Rossiya aeroportlaridan Misrga amalga oshiriladigan barcha parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatib turish maqsadga muvofiqdir. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik byurosi rahbari Aleksandr Bornikov bayonot berdi.

Atambayev: Jurnalist qalami o‘tkir, lekin xolis bo‘lishi zarur>>

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlarni Axborot va matbuot kuni bilan tabrikladi. Tabriknoma matni davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Stokgolm markazida kuchli portlash yuz berdi>>

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan holda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Xitoy va Vetnam bahsli orollar hududida tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi>>

Xitoy va Vetnam Janubiy Xitoy dengizida tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi, deya xabar qildi Reuters.

Walt Disney kompaniyasi moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko‘rdi>>

Ko‘ngilochar mahsulotlar sanoatidagi eng mashhur AQSh kompaniyasi sanalgan The Walt Disney Company to‘rtinchi moliyaviy chorak davomida o‘zining sof daromadi miqdorini 7,3 foizga o‘stirib, moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko‘rdi. 

Ekspert: dollar Qozog‘istonda 400 tangaga yetadi>>

Qozog‘istondagi moliyaviy vaziyat yanada yomonlashib, milliy valyutaning dollarga nisbatan kursi ko‘tarilishda davom etishi mumkin. Ekspertlar yaqin orada 1 dollar 400 tangaga ko‘tarilishini kutmoqda. Bu haqda iqtisodchi Maqsat Serali aytib o‘tdi.

AQSh Ukrainaga 1 millard dollarlik uchinchi transhni taqdim etadi>>

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali suhbatda Kiyevga poraxo‘rlikka qarshi kurash va soliq islohotlarini o‘tkazish uchun 1 milliard dollarlik uchinchi transhni taqdim etishga va'da berdi, deya xabar qilindi Amerika ma'muriyati rahbari saytida.

Android’ning 20 mingda ortiq ilovasida o‘chirib bo‘lmas virus paydo bo‘ldi>>

Raqamli xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi Lookout kompaniyasi tadqiqotchilari o‘z blogida Android operatsion tizimida “format”(smartfonni dastlabki holatiga keltirish)dan so‘ng ham ketmaydigan troyan virusi paydo bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

Lada XRay’ning tashqi ko‘rinishi oshkor etildi>>

Rossiyaning “AvtoVAZ” avtokonserni Lada Xray modelining tashqi ko‘rinishini rasman oshkor qildi. Uning rasmlari internet nashrlariga yo‘llandi.

Floyd Meyvezer: “Men shunchalik ko‘p pul ishladimki, endi boks tushishimga hojat yo‘q”>>

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Gennadiy Golovkinga qarshi bo‘ladigan ehtimoliy jang yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Muxlislari YeChL madhiyasi vaqtida hushtakbozlik qilgani uchun "Barselona" jazolanishi mumkin>>

UYeFA rahbariyati Yevropa chempionlar ligasining «Barselona» va BATE jamoalari uchrashuvi paytida mahalliy muxlislarning ba'zi harakatlaridan norozi bo‘lmoqda, deya xabar beradi As nashri.

Krishtianu Ronaldu: Men futbol afsonasiman. Mening natijalarimni takrorlash juda qiyin ish>>

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini afsonaviy futbolchi deb hisoblashini bildirdi.

Top