19:45 / 06.11.2015
6836

KUN.UZ dayjesti: 6 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 6 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston TIVda Energetika Xartiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Energetika Xartiyasi bosh kotibi Urban Rusnak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniya qirolichasiga ishonch yorliqlarini topshirdi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Koreya investorlari o‘zbek kompaniyalarining 220 mln dollarlik davlat aktivlarini sotib oladi>>

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 5 noyabr kuni Koreya Respublikasining savdo-sanoat va tabiiy zaxiralar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Toshkentda MDH temir yo‘l transporti kengashi bo‘lib o‘tdi>>

Toshkentda MDHga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosining o‘g‘irlab ketilgan mollarini qaytarishdi>>

O‘zbekiston chegarachilari Qizg‘iziston hududidan O‘zbekistonga o‘g‘rincha olib o‘tilgan yirik shoxli chorva mollarini qirg‘iz tomoniga qaytardi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati ma'lumotiga asoslangan holda 24.kg xabar qildi.

Toshkentdagi benzin sotiladigan shoxobchalarning telefon raqamlari kengaytirilgan ro‘yxati tuzildi>>

Barcha benzin izlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda benzin muammosi eng dolzarb muammo sifatida muhokama qilinmoqda. Feysbukdagi Potrebiteli.uz va «Voditeli Tashkenta Drivers.uz» guruhlarida Toshkentda joylashgan benzin sotish shoxobchalari ro‘yxati e'lon qilindi.

O‘zbekiston bojxonachilari xizmat itlariga chip o‘rnatmoqda>>

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologik markazi jonivorlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha xalqaro tajribani inobatga olgan holda bojxona organlarida xizmatida bo‘lgan itlarga chiplar o‘rnatishni boshladi.

Samarqandda nima uchun gaz yo‘q?>>

Nima uchun Samarqandda aholi uchun tabiiy gaz yo‘q? Axir gaz quvurlari viloyatimiz hududi orqali o‘tadi, 50ga yaqin avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari kunu tun ishlab, quvurlardan metanni sug‘urib olmoqda. Gap nimada? Ushbu noodatiy holatning asosiy sabablari nimada, deb yozmoqda samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev.

Uzsalaman O‘zbekiston ichki ishlar xodimlariga 40 ming juft qishki oyoq kiyim yetkazib beradi>>

Uzsalaman qo‘shma korxonasi Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da o‘z ishini yakunlagan IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi doirasida maxsus oyoq kiyim tayyorlab, yetkazib berish bo‘yicha bir qator manfaatli shartnomalar tuzishga erishdi.

O‘zbekistonlik artistlar Parijda konsert uyushtirishdi>>

31 oktabr kuni Parijda “Iste'dodlar salyuti” loyihasi doirasida XXIV Xalqaro bolalar va o‘smirlar ijodi festival-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. “Parij, men seni sevaman!” shiori ostida o‘tgan tadbirda Rossiya, Belgiya, Latviya, Armaniston, Belarus va O‘zbekistondan tashrif buyurgan 150 yosh iste'dod sohibi qatnashdi.

Eronda bo‘lib o‘tayotgan kurash bo‘yicha JChning ilk kunida O‘zbekiston vakillari 5ta medal oldi>>

5 noyabr kuni Eronning Xurramobod shahrida o‘zbek kurashi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlandi.

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi Belarus bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi>>

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida Belarus terma jamoasi bilan ikki bora o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari yig‘ilib, ilk mashg‘ulotni o‘tkazishdi>>

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 noyabr kuni o‘zining KXDR hamda Yamanga qarshi o‘yinlari oldidan yig‘inga kirdi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

O‘zbekiston – KXDR o‘yini chiptalari sotuvga chiqdi>>

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – KXDR o‘yini uchun chiptalar 6 noyabr, soat 14:00dan boshlab sotuvga chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Top