Jamiyat | 14:34 / 06.11.2015
2938
2 daqiqa o‘qiladi

Meladze: shaxsiy hayotni jamoatga oshkor qilish telbalikka olib keladi

Rossiyalik bastakor Konstantin Meladzening fikricha, shaxsiy hayotini barchaga oshkor qilib, OAV orqali o‘zini “reklama” qiladigan san'at va jamoat arboblari axiyri aqldan ozadilar. Bu haqda u Rossiya internet nashrlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yildan buyon munosabatlarini sir tutgan Konstantin Meladze va xonanda Vera Brejneva yaqinda to‘ylarini nishonlashi ma'lum bo‘ldi. Nega bu uzoq muddat sir tutilgani haqidagi savolga Meladze shaxsiy hayoti haqida ochiq gapirishni yomon ko‘rishini aytdi.

“Men shaxsiy hayotim haqida hech narsa gapirib berishni istamayman, - dedi u. – Sababi bor. Buni nega boshqalar gapirib berishini tez-tez o‘ylayman. Axir ko‘plab mashhur insonlar bor, ular hamma harakatlarini jamoatchilikka ko‘z-ko‘z qiladi, hatto hojatga ham, menimcha, jamoat oldida borsa kerak. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular aqldan ozadi, ular jinni bo‘ladi-qoladi. Men o‘z ruhiyatimni yaxshi holatda saqlab qolishni xohlaganim tufayli men bunday oshkoralikdan qochaman, hayotimni muvaffaqiyatli bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish