Jahon | 14:38 / 06.11.2015
10438
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh har bir suriyalik jangchini tayyorlashga 2 mln dollar sarfladi

Pentagon Suriya muxolifat kuchlari uchun harbiy guruhlar tayyorlashga 384 mln dollar sarflashga ulgurdi. Ammo hozirlikka kelib bu tashabbusdan voz kechildi, deb yozadi USA Today nashri.

Dastlab AQSh 3 ming jangchini tayyorlamoqchi edi. Ushbu loyihaning barcha xarajatlari 500 mln dollarga baholangan edi. 2016 yilga kelib jangchilar miqdori 5 ming kishiga yetkazilishi lozim edi.

Ammo loyiha o‘zini oqlamadi. Instruktorlar faqat 180 kishini tayyorlay oldi, shulardan 145 nafari harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda, lekin 95 nafarigina Suriyada. Tayyorgarlik o‘tashga mo‘ljallangan 4 qarorgohdan 2tasi ishlatildi.

Loyiha yopilishiga qadar uning doirasida 384 mln dollar ishlatildi, ya'ni 180 kishidan har biriga 2 mln dollardan to‘g‘ri keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish