Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniya o‘z texnologiyalarini oshkor etmaslik maqsadida Rossiyaga zarur ma'lumotlarni taqdim etmayapti
Buyuk Britaniya o‘z razvedkasi qo‘lga kiritgan ma'lumotlar yashirin texnologiyalarning oshkor bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkinligidan Rossiyaga kerakli ma'lumotlarni taqdim etmayapti. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning ma'lum qilishicha, Rossiya va Misr A321 aviahalokati borasida Britaniya razvedkasi qo‘lga kiritgan ma'lumotlarni bilishni istamoqda.
Britaniya, o‘z navbatada, bu borada hisobotlarning yakuniy xulosalari bilan bo‘lishishga tayyor.
Sky News telekanali juma kuni Rossiya hukumati “yangi ma'lumotlar” sabab Misrga uchuvchi samolyotlar parvozini bekor qilganini ma'lum qildi. Eng qizig‘i, Moskvaga o‘sha ma'lumotlarni so‘nggi daqiqalarda Britaniya razvedkasi taqdim etgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin A321 aviahalokati bilan bog‘liq aviaxabarlarni Misr bilan bo‘lishishni to‘xtatishni tasdiqlagan edi.