Jahon | 09:23 / 06.11.2015
2186
1 daqiqa o‘qiladi

Olland va Nazarboyev koinot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzoladilar

5 noyabrda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Parijga rasmiy tashrifi doirasida Qozog‘iston va Fransiya o‘rtasida koinot sohasida hamkorlik qilish va Fransiyaning Qozog‘istonda o‘tadigan “Ekspo-2017” xalqaro ko‘rgazmasidagi ishtiroki bo‘yicha kelishuvlar imzolandi, deb xabar bermoqda Nazarboyev matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, ikki davlat Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligining aerokoinot qo‘mitasi va Fransiya koinot tadqiqotlari milliy markazi o‘rtasida koinot sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha deklaratsiya qabul qildi.

Qozog‘iston prezidenti Fransiya Qozog‘istonning eng muhim hamkorlaridan biri sanalishi va davlatlar o‘rtasida iqtisodiyot va siyosatning turli tomonlari bo‘yicha to‘liq hamfikrlik mavjudligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish