06:25 / 06.11.2015
7588

Oq uy: AQShda A321 bortida portlash yuz bergani versiyasi foydasiga ma'lumotlar bor

AQSh Britaniya hukumatining Misrda qulagan A321 samolyoti bortida bomba portlagani haqidagi versiyani tasdiqlovchi ma'lumotga ega, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest. 

“AQSh Buyuk Britaniya bosh vaziri aytgan ma'lumotga to‘g‘ri keluvchi muayyan ma'lumotni biladi”, deb aytdi Ernest. 

“Bu bizning milliy xavfsizlik, shu jumladan razvedka bo‘yicha mutaxassislarimizdan olingan ma'lumotlarga asoslangan”, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi. 

“Ayni paytda bizda aniq nima sodir bo‘lgani haqida xulosa chiqarish uchun yetarlicha ma'lumot yo‘q. Biroq biz terrorchilik ishtiroki ehtimolini istisno qilmaydigan yetarlicha ma'lumotga egamiz”, deb qo‘shimcha qildi Ernest.

Top