Iqtisodiyot | 19:10 / 06.11.2015
3834
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston hukumat tanga kursining beqarorligi tufayli byudjyetni tuza olmayapti

Qozog‘iston Majlisi 2016-2018 yillar byudjyetini milliy valyuta beqarorligi tufayli tuzib chiqa olmasligidan xavotirda, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

“Joriy yilda vaziyat har yilgidek emas, - tan oldi moliya vaziri o‘rinbosari Lena Karamzina. – Ikkinchi yilki, biz ehtiyotkorlik bilan har bir tangani ko‘rib chiqishga majburmiz”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, beqarorlikning yuqoriligi tufayli vaziyat har soatda o‘zgarmoqda, shu bois byudjyet tuzishda juda ehtiyot bo‘lish zarur.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish