Sport | 22:41 / 06.11.2015
5589
1 daqiqa o‘qiladi
"Rapid" futbolchisi yiqilib tushgan holatida gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi
5 noyabr kuni Chexiyadagi «Dusan Arena — Mesta Plzne» stadionida Yevropa Ligasi, guruh bosqichining 4-turi doirasida mahalliy «Viktoriyey Plzen» va Avstriyaning «Rapid» jamoasi o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda noodatiy voqea ro‘y berdi.
Ushbu o‘yin qahramoni mehmon jamoa yarim himoyachisi Filipp Shobesberger bo‘ldi. U o‘yinning 77-daqiqasida mezbonlar darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Lekin u zarba berishga ulgurmasdan, qoqilib yiqildi Lekin u yiqilgan holatda ham maqsad uchun kurashni davom ettirib, tizzasi bilan to‘pga tegindi va gol urishga erishdi. O‘yindagi dastlabki gol ham aynan Filipp Shobesberger tomonidan urilgandi va u o‘yin qahramoniga aylandi.