Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:31 / 06.11.2015
3309
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya maxsus xizmati rahbari: Rossiyadan Misrga parvozlarni to‘xtatib turish lozim
Rossiya aeroportlaridan Misrga amalga oshiriladigan barcha parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatib turish maqsadga muvofiqdir. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik byurosi rahbari Aleksandr Bornikov bayonot berdi.
“Biz sodir bo‘lgan fojianing asl sabablarini aniqlamaganimizga qadar Rossiya aviatsiyasining Misrga parvozlarni to‘xtatib turish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Bu birinchi navbatda turistik kanalga tegishli”, - dedi u Rossiya milliy aksilterror qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish