Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada G20 sammiti oldidan 20 kishi IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi Antaliyada o‘tkazilgan maxsus amaliyot jarayonida IShID bilan aloqadorlikda gumon qilingan 20 kishini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Dogan.
Qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya 6 noyabr kuni tongda G20 sammiti arafasi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘lga olishlar bo‘yicha tafsilotlar ma'lum qilingani yo‘q.
G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Turkiyaning Belek shahrida bo‘lib o‘tadi. Davlatlar yetakchilari va delegatsiyalar uchun bir qancha yirik mehmonxona hamda golf-klublar ajratilgan. O‘ta qat'iy nazorat qilinadigan hudud maydoni esa 5 kvadrat kilometrni tashkil etib, vaqtinchaga butunlay yopiladi.