Sport | 19:20 / 06.11.2015
2245
2 daqiqa o‘qiladi

Venger: "Tottenhem" "Arsenal" bilan bir xil darajada emas

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger "Tottenhem"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Tottenhem" - himoyada yaxshi o‘yin namoyish qiladigan jamoa. Ular juda tezkor harakat qilishadi. Bu mavsum bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lubiyatga uchrashdi va bir nechta durang qayd etishdi.

Bu jamoa har doimgidek biz uchun qiyin raqib bo‘lishi aniq.

Harri Keyn ajoyib futbolchi. Menimcha, uni kelgusida yorqin faoliyat kutib turibdi. Ammo "Tottenhem"da to‘p surgan futbolchini jamoamizga taklif qilishni xayolimizga ham keltirmaymiz", - deydi Venger.

"Kim chempion bo‘lishi haqida gapirish uchun hali juda erta. Biz yuqoridagi o‘rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz. Mavsum yakunlanishiga 5-6 tur qolganidagina bu haqda aniqroq gapirish mumkin.

Bizda chempionlik uchun imkoniyat bor, lekin kelgusida nima bo‘lishini bilmaymiz.

Albatta "Tottenhem" turnir jadvalida bizga yaqin joylashgan. Jamoa darajasi ham bizga yaqin, lekin teng emas. Chunki, bizdagi yangi stadion ("Emiraytes") bizga ustunlik beradi. Bizda ham 38 ming kishilik stadion ("Hayberi" - kun.uz izohi) bo‘lgan vaqtda jamoalar bir xil darajada edi.

Biz stadion qurilishi uchun olingan qarzlarni to‘lab bo‘lganmiz. Hozirda biz kuchliroqmiz", deb davom etadi Venger.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish