Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Hyundai Equus modeli Genesis subbrendi ostida chiqariladi
Hyundai kompaniyasining Genesis hashamatli subbrendining birinchi vakili uchinchi avlod Equus sedani bo‘ladi, u G90 deb qayta nomlanadi. Bu haqda The Korean Car Blog portali ma'lum qildi.
Seulda yangi lyuks sinfidagi modellar qatori namoyishi paytida kompaniya mato ostiga yashirilgan flagman modelini namoyish qildi. G90 sedani Janubiy Koreyada dekabrda, jahon bo‘yicha esa 2016 yil aprelda Nyu-York avtosalonida ilk bor namoyish qilinadi.

Mashinaning fotosuratlaridan ko‘rinishicha, u Vision G kontseptual kupesi uslubida bajarilgan. Hyundai’da Vision G kupesi “premial modellarning kelajak oilasi uchun ilhom beruvchi model” deb atalmoqda.
Yangi sedanning motorlari orasiga avvalgi 5 litrli V8 dvigateli va yangi 3,3 litrli 6 silindrli ikki turbinali, 365 ot kuchiga ega dvigatel kiritiladi. G90 faqatgina to‘liq privodli tizim bilan taklif qilinadi.

G90’dan keyin Hyundai’ning yangi subbrendi G80 deb ataladigan keyingi avloddagi Genesis sedani va kupesi hamda o‘rta o‘lchamlardagi G70 modellari bilan to‘lg‘aziladi. 2020 yilga qadar koreyalik avtomobilsozlar yangi subbrend ostida 6 ta yangi model, jumladan krossover va katta o‘lchamdagi yo‘ltanlamas ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar.