O‘zbekiston | 14:53 / 06.11.2015
3180
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekko‘mir” “Angren” kesimining ishlab chiqarish quvvatini oshiradi

“Angren” ko‘mir kesimida tajriba tartibida ikkinchi silsila-oqimli texnologiyasi ishga tushirildi. Bu haqdagi axborot Review.uz muxbiriga “O‘zbekko‘mir” AJ bosh mexanigi Igor Tsoy tomonidan keltirildi.

Uning IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi chog‘ida ta'kidlab o‘tishicha, uchinchi texnologik kompleks 2016 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

Bir yo‘la uchta liniyaning ishga tushirilishi ishlab chiqarish hajmini 10 mln kubometrdan 15 mln kubometrgacha oshirish imkonini beradi, deb tushuntirdi Tsoy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish