Jahon | 01:21 / 07.11.2015
4470
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh bilan savdo hamkorligida Xitoy Kanadani ortda qoldirdi

AQSh savdo vazirligining e'lon qilgan ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning birinchi uch choragi bo‘yicha Xitoy Kanadani ortda qoldirgani holda AQShning asosiy savdo hamkoriga aylandi.

Shunga o‘xshash holat 1985 yildan beri birinchi bor qayd etilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 441,56 milliard AQSh dollariga yetgan. Aynan shu davrda AQSh va Kanada o‘rtasidagi savdo aylanmasi 438,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

XXR va Kanadadan keyin uchinchi o‘rinda Meksika turibdi. Uning AQSh bilan savdo hajmi xuddi shu davrda 398,1 mlrd AQSh dollarini qayd etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish