09:01 / 07.11.2015
3211

AQSh Guantanamoning 50 dan ziyod mahbusini turli mamlakatlarga jo‘natishni rejalashtirmoqda

AQSh boshqa davlatlar bilan Kubadagi Guantanamo qamoqxonasining 50 dan ziyod mahbusini ularda joylashtirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning so‘zlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Biz jahonning turli mamlakatlari bilan 53 nafar mahbusni jo‘natish borasida kelishuvlar olib bormoqdamiz”, — deb ta'kidlab o‘tdi Ernest.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy ma'muriyati bu boradagi ishni yil oxiriga qadar yakunlamoqchi.

Bundan oldin AQSh prezidenti Barak Obama terrorchi mahbuslar ushlab turiladigan Guantanamo qamoqxonasidagi mahbuslarning ayrimlari boshqa bir qamoqxonaga ko‘chirilishi borasidagi rejasini e'lon qilishga tayyorligini bildirib o‘tgan edi.

Top