19:01 / 07.11.2015
7668

AQSh Tojikistonga qiymati 1 mln dollarlik 5ta harbiy texnika berdi

6 noyabr kuni AQSh tomonidan Tojikiston Mudofaa vazirligining tinchlikparvar bataloni ixtiyoriga 5ta J-8 rusumli harbiy mashina (yo‘ltanlamas) jo‘natdi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Faridun Maxmadaliyevga asoslanib, "AP" xabar qilgan.

Rasmiy Vashingtonning Dushanbe shahridagi vakili Lesli Xeydn Tojikiston Mudofaa vazirligi harbiy amaldorlaridan biri, general-mayor Mirali Rahmatzodaga harbiy texnikalar kalitlarini topshirgan.

Qayd etilishicha, 2009 yildan buyon AQSh Tojikiston Mudofaa vazirligining tinchlikparvar batalonini qurollantirish uchun jami 6,5 mln dollar ajratgan.

AQShning Tojikistondagi elchixonasi vakillari Mudofaa vazirligi tomonidan qurilayotgan yangi harbiy poligonga tashrif buyurishgan.

Top