Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxarestdagi yong‘in vaqtida jarohatlanganlardan biri Niderlandiyadagi shifoxonada vafot etdi
Ruminiya poytaxti Buxarest markazidagi mashhur tungi klublardan birida 31 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar soni 38 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Mediafax xabar qildi.
Mamlakat Ichki ishlari vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in vaqtida kuyish jarohati olganlardan 2 nafari davolanish uchun Niderlandiyaga yuborilgandi. Ulardan biri yo‘ldayoq vafot etgan, ikkinchisi Rotterdamdagi shifoxonada jon bergan.
30 oktabrda binoning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda bepul rok-konsert o‘tayotgan bo‘lgan. Kontsertga 400 ga yaqin yoshlar yig‘ilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, pirotexnik shou vaqtida shiftdagi penoplastdan yasalgan bezak elementlari yonib ketgan. Oqibatda kuchli tutunlanganlik boshlangan, so‘ngra portlash yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, ko‘pchilik sarosimada yagona chiqishga otilganlar va u yerda tiqilinch yuz bergan. Ma'lum qilinishicha, ko‘pchilik nafas siqishdan halok bo‘lgan. Ruminiya OAVlarining ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida xorijliklar ham bo‘lgan.
Hodisa natijasida jarohatlangan 146 kishining 86 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilgan.