15:13 / 07.11.2015
7483

Eronda bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha JChda O‘zbekiston terma jamoasi 11ta medal olib, birinchi o‘rinni egalladi

Eronning Taxti shahrida o‘zbek kurashi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

6 noyabr kuni musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari yana 2tadan oltin, kumush hamda bronza, jami 6ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Murod Do‘simbetov boshchiligidagi terma jamoa a'zolaridan oltin medalga birinchi bo‘lib -66 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ma'ruf G‘aybullayev ega chiqdi. U final bellashuvida yana bir o‘zbekistonlik Abror Jabborovni mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi oltin medalni esa -73 kg vazn toifasidagi Davlat Abrayev qo‘lga kiritdi. U finalda eronlik Xadi Gadamini yengdi.

Ikkinchi kumush medalga -60 kg vaznda Rahmon Jumayev sazovor bo‘ldi. Shu vaznda imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan Mirjon To‘xtayev bronza medali bilan taqdirlandi. Bir kun avval +100 kg vazn toifasida oltin medalga ega bo‘lgan Muhsin Xisomiddinov mutloq vaznda bronza medaliga ega bo‘ldi.

Jahon chempionatining birinchi kuni O‘zbekiston vakillari 3ta oltin va 2ta kumush medalni qo‘lga kiritishgandi.

O‘shanda -81 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Timurxon To‘rayev, -100 kg vaznda kurashgan Erkin Doniyorov hamda eng og‘ir +100 kg vazn toifasidagi Muhsin Hisomiddinov jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lishgan edi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi kurashchilari 5ta oltin, 4ta kumush, 2ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Mezbonlar Eron terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi kungi barcha g‘olib va sovrindorlar:

60 kg
1. Ganbar Ali Ganbari (Eron)
2. RAHMON JUMAYeV (O‘ZBeKISTON)
3. Ehson Bahramian Hayot (Eron)
3. MIRJON TO‘XTAYeV (O‘ZBeKISTON)

66 kg.
1. MA'RUF G‘AYBULLAYeV (O‘ZBeKISTON)
2. ABROR JABBOROV (O‘ZBeKISTON)
3. Gassem Nuriozoda (Eron)
3. Marat O‘rozov (Turkmaniston)

73 kg.
1. DAVLAT ABRAYeV (O‘ZBeKISTON)
2. Xadi Gadami (Eron)
3. Nuriagdi Jyepbarov (Turkmaniston)
3. Vyacheslav Plamadeala (Ruminiya)

MUTLOQ VAZN
1. Ibrohim Gajar (Eron)
2. Park Beyong Min (Janubiy Koreya)
3. Grigor Baxan (Moldova)
3. MUHSIN XISAMIDDINOV (O‘ZBeKISTON)

Birinchi kungi barcha g‘olib va sovrindorlar:

-81 kg.
1. TeMURXON TO‘RAYeV (O‘ZBeKISTON)
2. RUSLAN BOLTAYeV (O‘ZBeKISTON)
3. Ilyos Aliakbari (Eron)
3. Sardor Jumayev (Turkmaniston)

-90 kg.
1. Sayidaliashgar Musavi (Eron)
2. Yunus Valizoda (Eron)
3. Goirgi Iadze (Gruziya)
3. Igor Knish (Ukraina)
5. VALIJON OChILOV (O‘ZBeKISTON)

-100 kg
1. ERKIN DONIYoROV (O‘ZBeKISTON)
2. Muslim Nuri (Eron)
3. Vohid Nuri (Eron)
3. Vladislav Zembyatskiy (Ukraina)

+100 kg
1. MUHSIN XISAMIDDINOV (O‘ZBeKISTON
2. BeKZOD KARIMOV (O‘ZBeKISTON)
3. Hamid Goli (Eron)
3. Ja'far Pahlavoni (Eron)

Top