20:44 / 07.11.2015
6064

KUN.UZ dayjesti: 7 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Putin A321 samolyotining falokatga uchrashi sabablari aniqlashtirilmaguncha Misr bilan aviaaloqani to‘xtatishga rozi bo‘ldi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi (MAQ) tavsiyalariga ko‘ra Misrda A321 samolyoti falokatga uchrashi sabablari aniqlashtirilmaguncha Misr bilan aviaaloqani to‘xtatishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

AQSh bilan savdo hamkorligida Xitoy Kanadani ortda qoldirdi>>

AQSh savdo vazirligining e'lon qilgan ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning birinchi uch choragi bo‘yicha Xitoy Kanadani ortda qoldirgani holda AQShning asosiy savdo hamkoriga aylandi.

Reuters: IShID jangarilari A321 samolyotining falokatiga aloqalari borligi bilan maqtanishgan>>

IShIDning Suriyaning Rakkadagi jangarilari yetakchilari va ularning Sinay yarimorolidagi ittifoqchilari o‘rtasidagi suhbatda misrlik jangarilar ularning hududlarida Rossiya samolyoti qulaganini maqtanib gapirishgan. Bu haqda NBC telekanaliga AQSh hukumatidagi noma'lum manba xabar bergan, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi.  

DM: Britaniyaga qarashli samolyot Sharm-ash-Shayxga qo‘nishi paytida raketa bilan urib tushirilishiga bir baxya qolgan>>

Rossiyaning A321 samolyotining Sinay yarimorolida falokatga uchrashidan taxminan 2 oy avval Buyuk Britaniyaga tegishli, bortida 189 yo‘lovchi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Sharm-ash-Shayx aeroportiga qo‘nishi paytida raketa bilan urib tushirilishiga bir baxya qolgan.

Obama iqlim o‘zgarishlari yuzasidan Parijda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishini bildirdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama 30 noyabr—11 dekabr kunlari Parijda o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan 21-anjumanda qatnashishini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlarga ma'lum qilgan.

AQSh Guantanamoning 50 dan ziyod mahbusini turli mamlakatlarga jo‘natishni rejalashtirmoqda>>

AQSh boshqa davlatlar bilan Kubadagi Guantanamo qamoqxonasining 50 dan ziyod mahbusini ularda joylashtirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning so‘zlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Avstraliyada birinchi bor boshqaruvchisiz avtomobil ishga tushdi>>

Avstraliya yo‘llarida ilk bor haydovchisiz avtomobil paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Australian.

Nyu-Yorkda birinchi dinlararo muassasa tashkil etildi>>

Nyu-York shahridagi “Long-Aylend” shaharchasida joylashgan islom markazi turli din vakillariga o‘zlari e'tiqod qiladigan dinlari haqida ma'lumot berish va mazkur dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni ta'minlashga asoslangan birinchi dinlar muassasasini tashkil etdi.

Raul Kastro hokimiyatni qachon tark etishini aytdi>>

Kuba rahbari Raul Kastro 2018 yilda hokimiyatni tark etishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda "RIA Novosti" nashri xabar tarqatgan.

Bag‘dod va Bobilda vaboga chalinganlar soni 2,2 ming nafardan oshdi>>

Iroqda vabo avj olmoqda. Mamlakat hududida bu yuqumli xastalikka chalinganlar soni 2 ming nafardan ortgan. Bu haqda TASS nashri BMT vakili Stefan Dyujarikka asoslanib xabar tarqatgan.

«Kommersant'»: Airbus A321 yo‘lovchilaridan bir qismi portlash tufayli halok bo‘lgan>>

31 oktabr kuni Misrning Sinay yarim orolida halokatga uchragan Airbus A321 samolyoti bo‘yicha yangidan yangi ma'lumotlar paydo bo‘lmoqda.

Chilida 6,8 balli zilzila qayd etildi>>

AQSh geologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, markazi mamlakat poytaxti Santyago shahridan 295 km masofada bo‘lgan bu zilzila kuchi 6,8 ballga teng bo‘lgan.

Masjidul Haromdagi qurilish va ta'mirlash ishlari 2016 yilda yakuniga yetkaziladi>>

Saudiya Arabistonidagi Masjidul Harom masjidida davom etayotgan qayta qurilish va ta'mirlash ishlari 2016 yil Ramazon oyiga qadar butunlay yakuniga yetkazilishi ma'lum qilindi.

Hindiston Kashmirni rivojlantirish uchun 13 mlrd dollar ajratadi>>

Hindiston hukumati Pokiston bilan bahsli chegara hududida joylashgan Jammu va Kashmirning shimoliy qismini rivojlantirish uchun 800 mlrd rupiy (qariyb 13 mlrd dollar) mablag‘ ajratadi. Bu haqda bosh vazir Narendra Modi Jammu va Kashmir shtatlarining ma'muriy markazi Shrinagar shahriga qilgan safari davomidagi chiqishida ta'kidlagan.

AQSh Tojikistonga qiymati 1 mln dollarlik 5ta harbiy texnika berdi>>

6 noyabr kuni AQSh tomonidan Tojikiston Mudofaa vazirligining tinchlikparvar bataloni ixtiyoriga 5ta J-8 rusumli harbiy mashina (yo‘ltanlamas) jo‘natdi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Faridun Maxmadaliyevga asoslanib, "AP" xabar qilgan.

Buxarestdagi yong‘in vaqtida jarohatlanganlardan biri Niderlandiyadagi shifoxonada vafot etdi>>

Ruminiya poytaxti Buxarest markazidagi mashhur tungi klublardan birida 31 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar soni 38 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Mediafax xabar qildi.

Rossiyaning sobiq matbuot vaziri Mixail Lesin vafot etdi>>

Rossiyaning sobiq matbuot vaziri va “Gazprom-media” kompaniyasining sobiq rahbari  Mixail Lesin 6 noyabrda vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Turkmaniston prezidenti TAPH loyihasi bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash haqidagi hujjatni imzoladi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov TAPH (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston) gaz quvurining Turkmaniston hududidagi qismi qurilishini boshlash haqidagi qarorini imzoladi. 

Yangi BlackBerry Priv Android-smartfoni sotuvga chiqarildi>>

AQShda QWERTY-klaviaturasiga ega, vertikal slayderli BlackBerry Priv Android-smartfonining sotuvi boshlandi. Uni AT&T mobil aloqa operatoridan sotib olish mumkin.

Ronaldu zamonaviy futboldagi 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchi nomini sanadi>>

“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yosh futbolchilar orasidagi o‘zi uchun eng kuchli deb bilgan 5 nafar futbolchi nomlarini sanadi.

"Yilning eng chiroyli goli" muallifligi uchun da'vogarlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

FIFA yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan Ferents Pushkash mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Top