19:19 / 07.11.2015
10370

KUN.UZ dayjesti: 7 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Oqsaroyda Jahon banki guruhi vakillarini qabul qildi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 noyabr kuni Oqsaroyda Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller hamda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti Dimitris Tsitsiragosni qabul qildi.

Rustam Azimov: O‘zbekiston YaIMning o‘rtacha yillik o‘sishini 8 foiz darajasida saqlab qoladi>>

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investitsion anjumanda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekiston hukumati 2015-2020 yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishini 8 foiz darajasida ta'minlashni rejalashtirayotganini aytdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yangi avariya-qutqaruv avtomobillari topshirildi>>

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida yangi avariya-qutqaruv avtomobillari va uskunalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda noyabr oyida ta'mirlash ishlari olib boriladigan ko‘chalar ro‘yxati ma'lum qilindi>>

Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi 2015 yilning noyabr oyida rejali qazish va ta'mirlash ishlari olib boriladigan ko‘chalar ro‘yxatini ma'lum qildi.

O‘zbekistonda yo‘llarda video qaydqilgichlar o‘rnatilgan joylarga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish taklif qilinmoqda>>

O‘zbekistonlik advokat Ahtam Hikmatov yo‘llarda video qaydqilgichlar o‘rnatilgan joylarga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish va yo‘l qompalamalarida belgilar tortishni taklif qilmoqda.

Toshkentdagi Xalqaro investitsiya forumida 12,4 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi>>

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Xalqaro investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlari bir qator zamonaviy texnikalar bilan ta'minlandi>>

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida yangi avariya-qutqaruv avtomobillari va qurilmalarini tantanali topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jurnalistlar uyushmasi yangi klub tashkil etadi>>

7 noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbariyati O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xalqaro jurnalistika fakultetida mehmon bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz mobil muxbiri xabar berdi.

Anvar qori Tursunov Minor jome' masjidiga imom bo‘ldi>>

Minor jome' masjidi bosh imomi Rahmatulloh Sayfuddinov o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov tayinlandi. Bu haqda Kun.uz saytiga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ma'lum qilingan.

Buxorodagi Bolalar uyi tarbiyachisi 3 yoshli bolani kaltaklagani xabar qilindi>>

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Maslahat.uz” guruhida buxorolik foydalanuvchi o‘zini qiynayotgan voqea haqida yozib, guruhdoshlaridan maslahat so‘radi.

O‘zbekistonlik yosh paraplanerchi Hindistonda fojiali tarzda vafot etdi>>

5 noyabr kuni kechasi ijtimoiy tarmoqda o‘zbekistonlik yosh paraplanerchi Konstantin Trebisovskiy Hindistonda vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. 23 yoshli Konstantin Trebisovskiy Hindistonga paraplanerchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun borgandi.

Eronda bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha JChda O‘zbekiston terma jamoasi 11ta medal olib, birinchi o‘rinni egalladi>>

6 noyabr kuni musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari yana 2tadan oltin, kumush hamda bronza, jami 6ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Top