18:06 / 07.11.2015
11034

OAV: "Real" Ronalduning o‘rniga o‘rinbosar topdi

Agar Krishtianu Ronaldu madridliklar safini tark etsa, "Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski "Real"ga olib kelinishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, "Real" jamoasi prezidenti Florentino Peres Levandovskining muxlisi hisoblanadi va u bilan shartnoma tuzish haqida o‘ylamoqda.

Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda matbuot Ronalduning PSJ jamoasiga o‘tishi haqida yozmoqda.

Ma'lumot uchun, Levandovski keyingi joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 18ta gol urishga ulgurdi.

Top