Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya FQBdan A321 halokati bo‘yicha tekshiruv ishlarida yordam so‘radi
Rossiya hukumati AQSh Federal qidiruv byurosiga murojaat qilgan va A321 samolyoti halokati sabablarini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan tekshiruv ishlarida ko‘mak ko‘rsatishini so‘ragan. Bu haqda SVS xabar tarqatdi.
Nashrda yozilishicha, Sinayda qulab tushgan samolyot halokatiga portlovchi qurilma sababligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘lgach, yangi tekshiruvlar o‘tkazishda Vashingtonning yordamidan foydalanish zaruriyati tug‘ilgan.
Biroz oldinroq, ushbu samolyot halokatiga bortga o‘rnatilgan bombaning harakatga keltirilishi sabab bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
AQShdagi manbalar ushbu samolyot IShIDning navbatdagi terakti ekanini iddao qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.