10:36 / 07.11.2015
7696

O‘zbekistonda yo‘llarda video qaydqilgichlar o‘rnatilgan joylarga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik advokat Ahtam Hikmatov yo‘llarda video qaydqilgichlar o‘rnatilgan joylarga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish va yo‘l qompalamalarida belgilar tortishni taklif qilmoqda.

Hikmatovning aytishicha O‘zbekistonda haydovchilar va piyodalar uchun “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun va Yo‘l harakati qoidalari amal qiladi, biroq ularda foto yoki videoga tasvirga olish haqida ogohlantiruvchi belgi kiritilmagan.

“Toshkentda yo‘l harakati qoidalarining qoidabuzarliklarini foto va video qayd qilish maxsus vositalari o‘rnatilmoqda. Ba'zilar ular o‘rnatilgan joyda ko‘plab xorijiy davlatlardagi kabi “Video qayd qilish” belgisi o‘rnatilishi va yo‘l qoplamasi ustida tegishli ishora tortilishi kerak demoqdalar. Bu holat shu bilan izohlanadiki, yo‘lda o‘rnatiladigan kameralar, radarlar va detektorlar avvalambor jarimaga tortish vositasi emas, balki ogohlantiruvchi vositalardir”, deb aytmoqda advokat.

Hikmatovning aytishicha, Buyuk Britaniyada yo‘llarda o‘rnatilgan barcha 5 ming kamera belgilangan maxsus xarita chop etilgan, Kiprda esa yo‘ldagi barcha radar va kameralarni belgilar yordamida belgilashni majburlovchi qonun bor.

Toshkentda videofiksatorlar tizimini 2016 yilning boshidan ishga tushirish rejalashtirilgan. Keyinroq bu tizimni O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida tatbiq qilish mo‘ljallangan. Videokameralar birinchi bosqichda tezlikning me'yoridan oshirilishi, svetoforning qizil chirog‘iga harakatlanish, yo‘nalishli transport vositalari (avtobus, marshrutka) liniyalari bo‘ylab harakatlanish, ruxsat etilmagan joylarga mashina qo‘yish kabi qoidabuzarlikni qayd qiladi.

Top