Jahon | 08:48 / 07.11.2015
3361
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: AQSh Yevropadagi harbiy qismlarini "sovuq urush" davridagi darajagacha kengaytirish niyatida emas

AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Eshton Karter harbiy boshliqlar bilan uchrashuvi vaqtida Qo‘shma shtatlar Rossiya bilan munosabatlardagi tushunmovchiliklar tufayli Yevropa hududidagi harbiylar sonini oshirishi, ammo AQShda bu hududdagi harbiy qismlar miqdorini "sovuq urush" davridagi holatga keltirish rejasi yo‘qligini aytib o‘tdi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bergan.

"Biz Yevropaga joylashtirilgan harbiy kuchlarimiz bo‘yicha bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. Tan olish kerakki, Rossiya biz nazarda tutmagan yo‘lni tanladi", deydi u.

Karterning qayd etishicha, "AQSh "sovuq urush"ni qaytarmoqchi emas. Bu ko‘proq Rossiyaning niyati hisoblanadi".

Biroz oldinroq, Houston Chronicle nashrida keyingi 10 yil ichida ilk bor NATOda "sovuq urush" uchun salohiyat paydo bo‘lgani haqida yozib chiqilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish