Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu zamonaviy futboldagi 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchi nomini sanadi
“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yosh futbolchilar orasidagi o‘zi uchun eng kuchli deb bilgan 5 nafar futbolchi nomlarini sanadi.
U Neymarni ikkilanish bilan ushbu ro‘yxatga kiritgan.
"Pol Pogba va Eden Azarning o‘yinlarini hamma ko‘rib turibdi. Ular allaqachon o‘z muxlislariga ega. Bu futbolchilar yulduzga aylanib bo‘lishgan. Balki, Neymar ham ular qatoridadir. Qolaversa, Martin Edegor kelajakda juda kuchli futbolchi bo‘lishiga shubha yo‘q. Uning harakatlari tahsinga loyiq. Memfis Depay ham yaqin yillar ichida top futbolchilar qatoriga qo‘shiladi", - deydi Ronaldu.