Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi tadqiqotlar: jahonda bolalarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ma'lum qilindi
AQShlik Lora Uottenberg ismli mutaxassis olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, yer yuzidagi eng ommabop ism Sofiya ekanligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Independent.
Mutaxassisning ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ism Meksika, Italiya va Rossiya kabi to‘qqiz davlatda eng ko‘p qo‘yilar ekan. AQShda esa ommaviyligi borasida uchinchi o‘rinda, boshqa 20 mamlakatda esa ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda turadi.
Qadimgi Yunon tilida “donolik” deb ma'no beruvchi ushbu ism, mutaxassisning fikricha, turli tillarda ham bir xil jaranglaydi.
Tadqiqotchi bir necha yillar davomida 49 mamlakatdan statistik ma'lumotlar to‘pladi. Uning aytishicha, Xitoy, Hindiston, Nigeriya va Braziliya bu ro‘yxatga kirmaydi. Chunki u yerdan kerakli ma'lumotlarni olishning imkoni bo‘lmagan. Erkaklar orasida esa eng mashhur ism hamon Muhammad bo‘lib qolmoqda.
The Independent jahonda yana qanday ismlar mashhurligi haqida oydinlik kiritilmagan.