Jahon | 22:27 / 07.11.2015
5928
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada IShID 37 nafar assuriyalik nasroniyni ozodlikka qo‘yib yubordi

IShID terrorchilik guruhi uzoq davom etgan muzokaralardan keyin fevralda asirga olgan 37 nafar assuriyalik nasroniyni ozodlikka qo‘yib yubordi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“IShID bizning jamoatimizdan 37 kishini qo‘yib yubordi. Ularning barchasi Tel-Tamar shahriga yetib keldilar, ulardan ko‘pchiligini ayollar tashkil qiladi”, deb aytdi Livandagi assuriyaliklar jamoati vakili Sargon ota.

Terrorchilar bilan muzokaralar ular nasroniy qishloqlarni bosib olgandan keyin, mart oyida boshlangan. O‘shanda terrorchilar hujumi oqibatida kamida 250 nafar mahalliy aholi vakili asirga tushib qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish