Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘quvchi-qizlar o‘rtasida “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2015 yil 7 noyabr kuni Uchtepa tumanidagi 38-umumta'lim maktabida “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy va intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigiyenik qoidalarni to‘g‘ri shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, o‘zining va atrof-muhitning tozaligiga e'tiborni kuchaytirish, jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish qolaversa, iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
“Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovi to‘rt bosqichda tashkil etilib, unda umumta'lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etdi.
Tanlovning yakuniy respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar ishtirok etdi. Qatnashchilar 5ta shart bo‘yicha bellashib, o‘zlarining bor iqtidorlarini namoyon qilishdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 17-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ro‘ziboyeva Parizoda 1-o‘rinni, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 15-umumta'lim maktabning 9-sinf o‘quvchisi Qurbonova Dilnavoz 2-o‘rinni va Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Abdumo‘minova Maftuna 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.