Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: arzimagan pora evaziga Sharm-al-Sheyxdan yuklarni ko‘rsatmay olib o‘tsa bo‘ladi
Arzimagan pora berish bilan Sharm-al-Sheyx aeroportidan yuklarni tekshirtirmay o‘tib ketsa bo‘ladi, deyiladi Associated Press agentligining Misrdan tayyorlangan reportajida.
Ismi oshkor etilishini istamagan aeroport yetti xodimining agentlikka bergan ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil davomida aeroport bandargohi xavfsizligi borasida jiddiy muammolar kuzatilmoqda.
“Men bir necha bor giyohvand moddalar va qurol-yaroq solingan jomadonlarni ko‘rganman. Ularni politsiya xodimlari bor-yo‘g‘i 10 yevro evaziga o‘tkazib yuborishadi”, — deydi aeroport xodimlaridan biri.
Bundan tashqari, aeroport bandargohi xodimlari yuklarni skanerdan o‘tkazuvchi uskunalarning eskirgani haqida bir necha bor rahbariyatga murojaat etgan. Ammo uskunalarning hech biri almashtirilmagan.