Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:33 / 08.11.2015
2206
1 daqiqa o‘qiladi
Belgiyada bir necha qariya boshqaruvini yo‘qotgan avtomobil tufayli halok bo‘ldi
Belgiyada avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, bir guruh qariyalar tomon yo‘naldi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi esa jarohatlandi, deb xabar bermoqda Flanders News.
Voqea qariyalar har yili Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida halok bo‘lgan askarlarni xotirlab o‘tkaziladigan marosimga yo‘l olishgan vaqtda sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi o‘zini yomon his qilgan va avtomobil nazoratini yo‘qotgan.
Halok bo‘lganlarning yaqinlari bilan ruhshunoslar ish olib bormoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish