09:12 / 08.11.2015
2439

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: Serra-Leoneda Ebola virusi tarqalishi tugadi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Serra-Leoneda boshlangan Ebola virusini chaqiruvchi kasallik tarqalishi yakunlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda 7 noyabr kuni Fritaunda bo‘lib o‘tgan marosim paytida e'lon qilingan, deb yozmoqda The Independent.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ushub xulosaga kelishiga sabab, mamlakatda 42 kundan beri Ebola virusi bilan og‘rigan birorta ham odam uchramagan. Bu davr virusni maksimal darajada inkubatsiya etish vaqtining ikki karra ziyoda ekanligini anglatadi, deb ta'kidlamoqda gazeta. Endi hukumat oldida 90 kunlik davrni bosib o‘tish uchun nazorat talab etiladi.
Marosim qatnashchilari shu virus sabab dunyoni tark etganlarni yodga olishdi. Ayni damda kasallikdan tuzalgan 4 ming nafar kishi tibbiyot va ijtimoiy xizmat xodimlari nazorati ostidadirlar.
Serra-Leoneda ilk bor 2014 yilda ushbu virus bilan chalinish holati qayd etilgan edi. Mamlakatda ushbu kasallik bilan 4 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Shulardan 221 nafari tibbiyot xodimlari edi. Kasallikka chalinganlarning umumiy miqdori esa 8,7 ming nafarga yetgan edi.

Top