Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyodagi eng yirik aerokosmik salonlardan biri ish boshladi
8 noyabr kuni Dubayda dunyodagi eng yirik aerokosmik salonlardan biri ochildi. Dubai Airshow 2015 ushbu loyiha tarixidagi eng yirik tadbir bo‘lishi kutilmoqda.
TASS agentligining tadbir tashkilotchisi bo‘lgan F&E Aerospace kompaniyasi direktori Mishel van Ekelijyenga tayanib ma'lumot keltirishicha, bugungi aviasalon ilgarigilaridan ancha keng miqyosda o‘tadi.
Oxirgi marta Dubai Airshow 2013 yili o‘tgan edi.
“Biz 60 davlatdan 1 100 ishtirokchi hamda 1 750 jurnalist tashrif buyurishini kutmoqdamiz”, - dedi Ekelijyen.
Aviasalonga 65 ming kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.