Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqining 60 foizdan ziyod aholisi yevroni eng zo‘r valyuta deb biladi
Olib borilgan so‘rovlar natijasida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, Yevropa Ittifoqining 61 foiz aholisi yevroni eng yaxshi valyuta, deb hisoblaydi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida xabar qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu natija 2002 yilgi holatga qiyosan ancha yuqori natijadir.
Ushbu so‘rov YeIning 18 mamlakatida istiqomat qiluvchi 17,5 ming fuqarosi o‘rtasida 2015 yilning 12—14 oktabr kunlari o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra mahalliy valyutani yevroga almashtirish istagini bildiruvchilar Portugaliyada 11 foizga, Avstriya, Kipr va Ispaniyada 8 foizga o‘sgan. Gollandiyada esa bu holatni 7 foizda ko‘rsa bo‘ladi.