Jamiyat | 11:29 / 08.11.2015
7516
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi bog‘da bir ayol o‘z-o‘zidan yonib ketdi

Germaniyaning Flensburg shahrida bir ayol yonib ketdi. Bu voqea mahalliy bog‘da sodir bo‘ldi. Ayol dam olib o‘tirgan joyida yonib ketdi. Flensburger Tagesblatt nashrining ta'kidlashicha, ayol o‘z-o‘zidan yonib ketgan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, darhaqiqat, olov chaqiradigan hech narsa bo‘lmagan, u o‘z-o‘zidan o‘t olgan, mutlaqo ovoz ham chiqarmagan. Odamlar olovni o‘chirishga kirishishgan, kimdir tez yordamni chaqirgan. Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

40 yoshli ayol aslida Mavrikiyda tug‘ilgan bo‘lib, keyinroq Germaniyaga ko‘chib o‘tgani ma'lum.
Politsiyaning xabar qilishicha, ismi keltirilmayotgan ayol o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish