Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki kanadalik lotereyadan 45 mln AQSh dollari yutib oldi
Kanadaning ikki fuqarosi mamlakatda mashhur bo‘lgan Lotto Max lotereyasidan 60 mln kanada dollari (45 mln AQSh dollari) yutib olishdi. Bu haqda Kanadada o‘nlab sovrinli o‘yinlar tashkil etadigan Atlantic Lottery assotsiatsiyasi vakillari ma'lum qilgan.
Yutuq chiqqan chiptalar Edmonton (Alberta provinsiyasi) va Konsepshn-Bey-Saus (Nyufaundlend va Labrador provinsiyasi)da sotilgan. Ular yutuq chiqqan chiptalarni tashkilotchilarga olib kelib berishgach, pullar ularning ikkalasiga teng taqsimlab beriladi.
Ushbu lotereya Kanadada 2009 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hamon mahalliy aholi o‘rtasida ommaviy bo‘lib kelmoqda. U yirik jyek-potlari bilan mashhur bo‘lib, uning qiymati 60 mln AQSh dollariga qadar ko‘tarilishi mumkin. Asosiy yutuqni qo‘lga kiritish uchun 1 dan 49 gacha bo‘lgan raqamlardan yettitasini to‘g‘ri topa bilish kerak.