Jahon | 23:16 / 08.11.2015
2411
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Sinay xavfsizligi boshlig‘i pora haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Janubiy Sinay xavfsizligi boshlig‘i Magdi Musa yuklarni nazoratsiz o‘tkazish uchun Sharm-al-Sheyx aeroporti xodimlari pora olishgan, degan xabarlarni inkor etmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Pora haqidagi gap-so‘zlarning bari quruq safsata. Aeroport butunlay kamera nazorati bilan qamrab olingan. Aeroportning hech bir xodimi pora ololmaydi. Chunki kameralar 24 soat mobaynida ishlaydi”, — dedi Musa.

U, shuningdek, kameralar yordamida A321 aviahalokatiga oid ma'lumotlarni olish mumkinligi, ammo ular faqatgina yakuni xulosalar chiqqachgina e'lon qilinishi haqida aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish