18:26 / 08.11.2015
3600

Kosonsoyda Haj ziyoratiga yuborish uchun 200 dollar so‘ragan mahalla raisi qo‘lga olindi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi mahallalardan biriga raislik qilib kelgan Zamira Qudratova Haj safariga borish harakatida yurgan fuqarolardan pora olganlikda ayblanmoqda. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida berildi.

Ta'kidlanishicha, u mahalladoshi Sodiqjon O‘rolovni o‘z ishxonasiga taklif qilib, uning otasini ziyoratga yubora olishini, ammo buning uchun 200 dollar berish kerakligini aytgan.

Mahalla raisining bunday iltimosidan shubhalangan O‘rolov SVOJJJLQK departamentiga murojaat qildi. Natijada poraxo‘r amaldor jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top