20:18 / 08.11.2015
10515

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (2-8 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (2-8 oktabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

AQShda Markaziy Osiyo davlatlariga yangi ko‘mak berish dasturi e'lon qilindi>>

AQSh hukumati Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘mak berish bo‘yicha bir qator yangi dasturlarini e'lon qildi, deb aytildi 1 noyabrda Samarqandda O‘zbekiston, AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra AQSh Davlat departamenti bergan xabarda.  

Qutqaruvchilar Misrdagi aviahalokatda halok bo‘lganlarning 171 nafar jasadini topishdi>>

Qutqaruvchilar Misrning Sinay yarimorolida Rossiya aviakompaniyasi samolyotining falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlarning 171 nafari jasadini topishdi, deb xabar bermoqda favqulodda vaziyatlar tezkor shtabi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Rossiya aviakompaniyalari Sinay yarimoroli shimolidan parvozlar amalga oshirishdan bosh tortdilar>>

Rossiya aviakompaniyalari “Kogalimavia” aviakompaniyasining layneri falokatga uchragandan keyin Sinay yarimoroli shimolidan parvozlar amalga oshirishdan bosh tortmoqdalar.

Peterburgda aviahalokat qurbonlari nomlari yozilgan 224ta shar osmonga chiqarildi>>

A321 aviahalokati munosabati bilan Sankt-Peterburgdagi Dvortsovoy maydonida yig‘ilgan motam marosimi ishtirokchilari 224ta sharni havoga chiqarishdi. Bu sharlarga aviahalokat qurbonlarining nomlari bitilgan edi.

Turkiyaning hukmron partiyasi parlament saylovlarida 49,36 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi>>

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi mamlakatdagi muddatidan avvalgi parlament saylovlarida 49,36 foiz to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Turkiya bosh vaziri saylovlar natijalarini demokratiya va turk xalqi g‘alabasi deb atadi>>

Turkiya bosh vaziri va mamlakatda 1 noyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi Ahmet Dovudo‘g‘lu saylovlar natijalarini demokratiya va turk xalqi g‘alabasi deb atadi.

Ekzit-pollar Ozarbayjonda hukmron partiya 66 parlament o‘rniga ega bo‘lishini bashorat qildi>>

“Yangi Ozarbayjon” partiyasi mamlakatda o‘tgan yakshanba amalga oshgan saylovlar natijalariga ko‘ra parlamentda 66ta o‘ringa ega bo‘lishi mumkin, deyiladi Mustaqil tadqiqotlar markazi ekzit-pollari taqdim etgan ma'lumotlarda.

Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniya bosh vaziri va qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashadi>>

Keyingi haftada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniyaga rasmiy safar uyushtiradi. Safar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlaydi, deb ishonmoqdalar angliyalik mutaxassislar.

Erdo‘g‘an Turkiyadagi saylov natijalarini hurmat qilishga chaqirdi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an butun dunyo jamoatchiligini mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovi natijalarini hurmat bilan qabul qilishga chaqirdi.

“Kommersant'”: A321da portlash sodir bo‘lgani ehtimoli bor>>

Rossiyaning “Kogalimavia”kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyotining halokati bombaning portlashi natijasida sodir bo‘lgani ehtimoli mavjud. Bu haqda “Kommersant'” gazetasiga intervyu bergan ekspertlardan biri fikr bildirdi.

Xitoy AQShning operatsiyasiga qurollangan qiruvchilar bilan javob berdi>>

AQShning Janubiy Xitoy dengiziga dengiz kuchlarini yo‘llaganiga javoban XXR dengiz kuchlari mashg‘ulotlarini boshladi va ularning doirasida havoga qiruvchilarini ko‘tardi. Bu haqda Gongkongning South China Morning Post nashri xabar berdi.

Pan Gi Mun: poraxo‘rlik ko‘plab kulfatlar, jumladan, terrorizm xavfini keltirib chiqaradi>>

Poraxo‘rlik ko‘plab dunyo miqyosidagi kulfatlar, shu jumladan, terrorizmning xavfini keltirib chiqaradi, dedi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Poraxo‘rlikka qarshi konvensiyasi ishtirokchi mamlakatlarining oltinchi sessiyasi (CoSP6)da qilgan nutqida.

AQShda raketalarga qarshi mudofaa tizimi sinovlari yakunlandi>>

AQSh harbiylari ko‘p sathli raketalarga qarshi mudofaa tizimi sinovlarini yakunladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Putin A321 samolyoti halokatini ulkan fojia deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti yo‘lovchilarining yaqinlariga ta'ziya bildirdi.

Germaniyadagi aeroportdan topilgan bombalar tufayli yettita reys bekor qilindi>>

Germaniyaning Dyusseldorf aeroportida 2 noyabr kuni Ikkinchi jahon urushi vaqtida portlamay qolgan bombalar topildi. 250 kilogramm vaznga ega snaryadlar aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi hududida, qoplamalardan chetroqda tuproq ostida saqlanib qolgan ekan. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

IShID Qozog‘istonda rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan olindi>>

Ostona sudi “Iroq va Shom islom davlati”ni rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining huquqiy statistika va maxsus hisobot qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlariga safaridan keyin Londonga boradi>>

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlariga safaridan keyin Londonga boradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Sud-tibbiyoti ekspertlari Airbus A321 yo‘lovchilari o‘limi sabablarini ma'lum qildi>>

Sud-tibbiyoti ekspertlari Sinay yarimorolida halokatga uchragan A321 samolyoti yo‘lovchilarining o‘limi sabablarini ma'lum qildi. Yo‘lovchilar kuyish, qattiq zarbalar va ichki a'zolarning yorilishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan. 

The Sun: Kapello "Chelsi"da Mourinoning o‘rniga ish boshlashga tayyor>>

Italiyalik tajribali murabbiy Fabio Kapello "Chelsi"ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. Uning o‘zi shunday istagi haqida bildirgan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatgan.

OAV: Messi "el-klasiko" bahsida maydonga tushmasligi aniq bo‘ldi>>

"Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ”Real”ga qarshi Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 3 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Osiyo taraqqiyot banki Afg‘onistonga 858 mln dollar sarmoya kiritadi>>

Osiyo taraqqiyot banki va donor mamlakatlar Afg‘onistonda infratuzilmalar rivoji uchun 858 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Hama Press agentligi xabar tarqatgan.

BMT: dunyoda fuqaroligi yo‘q bolalar soni ortmoqda>>

Birlashgan millatlar tashkilotining xabar qilishicha, har 10 daqiqada dunyoda bir nafar chaqaloq fuqaroligi bo‘lmagan holda tug‘iladi. Ular soni yiliga 70 nafardan ortib bormoqda.

Obama 2 yil uchun byudjyet xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama keyingi 2 yil uchun byudjyet xarajatlari bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi. Oq uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi 2016 va 2017 yillarda bir qator chekklashni nazarda tutadi, hozirgi byudjyet qonunchiligidagi bir qator moddalar o‘zgartirilgan.

Qalin tuman tufayli Yevropa bo‘ylab ko‘plab aviakompaniyalar reyslarini bekor qilmoqda>>

2 noyabr kuni Buyuk Britaniyada bir qator reyslarning to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan qalin tuman ko‘p o‘tmasdan Yevropaning markaziy qismlariga ham ta'sir qilmoqda.

OAV: Somalida jangarilar harbiy maktab talabalariga hujum qilib, 30 kishini o‘ldirdi>>

"Ash-Shabab" jangarilarining Somalidagi guruhi mamlakat harbiy tuzilmalari uchun maxsus xodimlar tayyorlanadigan maktab vakillariga hujum uyushtirdi. Bu haqda Reyter xabar qilgan.

OAV: Devid Kemeron Suriyadagi bombardimonda ishtirok etish fikridan qaytdi>>

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Suriyada IShID pozitsiyalariga zarbalar berish borasidagi qonun loyihasini parlamentda ovoz berishga qo‘ymaydi. Bu haqda Times nashri yozmoqda.

Noma'lum kishilar Ukraina bosh prokurorining xonasini o‘qqa tutishdi>>

2 noyabr kuni Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin majlis olib borayotgan xona derazasiga noma'lum kishilar tomonidan ikki marta o‘q uzildi. 

Muslima Avstraliyada “Yil Ayoli” bo‘ldi>>

Avstraliyada o‘tkazilgan Telstra NSW-2015 mukofotining “Yilning tadbirkor ayoli” yo‘nalishida muhandis-konstruktor, madaniyat bo‘yicha maslaxatchi va Qirollik Avstraliya dengiz floti biznes-lideri, kapitan Mona Shindi (Mona Shindy) eng yaxshi deb topildi.

A321 layneri qulashidan oldin odatdagi parvoz uchun xos bo‘lmagan tovushlar qayd qilingan>>

Sinayga qulab tushgan A321 samolyoti uchuvchilari halokat vaqtiga qadar hech qanday texnik nosozlik haqida bilishmagan. Bu haqda Qohiradagi manbasiga asoslanib, "Interfaks" xabar bergan.

FT: Xitoy fond bozorining qulashi Gonkongga 8 mlrd dollardan ko‘proq ziyon keltirdi>>

Gonkong valyuta zahiralari miqdori 1,9 foizga yoki 8,2 mlrd dollarga (63,8 mlrd Gonkong dollari) kamayib, o‘zining 30 yillik tarixida eng katta ziyonni qayd qildi. Bu haqda Gonkong pul muomalasi boshqarmasi rahbari Norman Changa iqtibos keltirgan holda Financial Times nashri xabar berdi.

Merkel Bolqonda urush bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi>>

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Kengashi muhojirlar uchun ichki chegaralarini yopgan taqdirda, Bolqon hududida urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayniqsa, Germaniya va Avstriya ushbu ishni amalga oshirsa jiddiy muammao yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Die Zeit xabar qildi.

Misr prezidenti: IShID A321 samolyotini urib tushirgani haqida aytib, o‘zini tashviqot qildi>>

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining fikricha, IShID Sinayda Rossiyaga tegishli A321 samolyotini urib tushirgani haqida e'lon qilib, o‘zini yana bir marta targ‘ib qildi.

AQSh Tojikistonni fuqarolarning diniy huquqlarini himoya qilishga chaqirdi

AQSh Tojikiston hukumatining fuqarolarning din erkinligi huquqlarini to‘laqonli ta'minlashga chaqirdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri ushbu mamlakatga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.

Yaponiyada Mitsubishi Gas Chemical zavodida portlash sodir bo‘ldi>>

Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Kamisu shahrida joylashgan Mitsubishi Gas Chemical kompaniyasiga tegishli “Kasima” zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga asoslangan holda NHK telekanali xabar berdi.

Nazarboyev Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida Qozog‘istonga investitsiya oqimini oshirish masalasini muhokama qiladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Londonga rasmiy tashrifi chog‘ida investitsion oqim hajmini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlaridagi istiqbollar muhokama qilinadi.

Chet elliklarga Ukraina armiyasida xizmat qilishga ruxsat berildi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Ukraina qurolli kuchlarida harbiy xizmat o‘tashga ruxsat beradigan qonunni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Kerri 5+1 formatidan ko‘zlangan maqsadni tushuntirib berdi>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘tkazgan Markaziy Osiyo turnesidan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlashdir. Bu haqda Jon Kerri “Mir” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Obama: respublikachilarning teleboshlovchilarga kuchi yetmasa, ular Putinga qanday bas keladi?>>

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasidan nomzodlarning xalqaro siyosiy maydonda faoliyat yurita olishiga shubha bildirdi, deb yozadi The New York Times nashri.

Putin Rossiyani qo‘rqitishni befoyda ish deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani hech kim qo‘rqita olmasligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Xitoy va Tayvan yetakchilari 1949 yildan beri ilk marta uchrashadilar>>

Xitoy raisi Si Tszinpin va Tayvan prezidenti Ma Intszyu Singapurda uchrashadilar, deb ma'lum qilmoqda The Guardian nashri. Bu ikki davlat yetakchilarining fuqarolik urushi yakunlangan 1949 yildan beri birinchi uchrashuvi bo‘ladi.

Nazarboyev britaniyalik tijoratchilarga: keling birgalikda pul topamiz!>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Buyuk Britaniyaga tashrifi ikkala davlat matbuotida keng yoritildi. Chop etilgan fotoreportajlarda uning Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning Dauning strit-10dagi uyida qabul qilinishi batafsil aks ettirildi.

IShIDning Misrdagi bo‘limi Sinaydagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi>>

IShIDning Misrdagi bo‘limi bugun Shimoliy Sinay viloyatidagi El-Arish shahrida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

2020 yildan Rossiya mudofaa vazirligi mobil atom energiya stansiyalari bilan ta'minlanadi>>

2020 yildan Rossiya mudofaa vazirligi mobil atom energiya stansiyalari bilan ta'minlanadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Sudanda Rossiyaga tegishli samolyot qulashi natijasida 40dan ortiq kishi halok bo‘ldi>>

Janubiy Sudan markazi Jubadagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan yuk samolyoti aeroportdan 800 metr masofada qulab tushdi. Bu xabar Janubiy Sudan hukumati, prezident Ateni Vek Ateni tomonidan tasdiqlangan.

Rossiyaning “Vitse-admiral Kulakov” harbiy kemasi O‘rta Yer dengiziga kirdi>>

Rossiya Shimoliy flotining “Vitse-admiral Kulakov” harbiy kemasi O‘rta Yer dengiziga kirdi. Bu haqda flot matbuot kotibi kapitan Vadim Serga xabar berdi.

Qirg‘iziston hukumatining birlamchi tarkibi oshkor qilindi>>

Qirg‘iziston parlamentining koalitsion fraksiyalari hukumatning birlamchi tarkibini oshkor qildi, deb xabar beradi 24.kg agentligi.

Qirg‘izistonda bojxona chegaralarining ochilishi kontrabandaning 5 barobarga ko‘payishiga olib keldi>>

Bojxona chegaralarining ochilishi Qirg‘izistonda kontrabanda hajmining 5-6 barobarga oshishiga olib keldi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Rossiya Afg‘onistonda IShID ta'sirining o‘sayotganidan tashvishda>>

Rossiya IShID guruhi jangarilarining Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaralarida to‘planishidan xavotirda. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi operatsiya qachongacha davom etishini ma'lum qildi>>

Rossiya havo kosmik kuchlarining Suriyadagi harbiy operatsiyasi Bashar Asad armiyasining terrorchilarga hujumi yakunlanguniga qadar davom etadi. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

London shahri yaqinida ulkan yong‘in ro‘y berdi>>

Buyuk Britaniya poytaxti London shahridan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Braknel shahrida jiddiy yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Get reading nashri xabar qilgan.

Janubiy Sudanda halokatga uchragan samolyot 44 yil oldin Toshkentda tayyorlangani ma'lum bo‘ldi>>

Bugun, 4 noyabr kuni Janubiy Sudan poytaxti Juba aeroportidan parvoz qilib, 800 metr masofada halokatga uchragan An-12 samolyoti haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Noyabr oyi oxirida Qirg‘iziston aholisi soni 6 mlnga yetadi>>

Shu yilning noyabr oyi oxirigacha Qirg‘izistonda aholi soni 6 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi demografiya bo‘limi rahbari Rima Chiniboyevaga asoslangan holda KirTag nashri xabar bergan.

Berdimuhamedov Kerri bilan uchrashdi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 3 noyabr kuni Ashxobodda AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kerrining rasmiy safari AQSh diplomatiyasi rahbariyatining ushbu mamlakatga 1992 yildan buyon birinchi tashrifi bo‘ldi.

Jahon banki Markaziy Osiyoda iqlim barqarorligiga 38 mln dollar yo‘naltiradi>>

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi 3 noyabr kuni Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish dasturining birinchi bosqichiga 38 mln dollar mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi.

Benzema Valbuenaga tahdid qilishda ayblanib, hibs qilindi>>

Politsiya Fransiya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Karim Benzemani hibsga oldi. Bu haqda France Presse nashri xabar tarqatgan.

Aleksandr Lukashenko 2016 yil 1 iyuldan Belarus milliy valyutasi qiymati o‘zgarishi haqidagi qarorni imzoladi>>

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 4 noyabrda Belarus milliy valyutasi denominatsiya qilinishi (pul qiymati o‘zgartirilishi) haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Lukashenko matbuot xizmati ma'lum qildi.

Turkmanistonda paxta topshirish rejasi bajarildi>>

Turkmanistonlik fermerlar qabul qilish punktlariga 1,05 million tonna paxta yetkazib berishdi, deya xabar qildi hukumat nashri 3 noyabr kuni Turkmaniston hukumati rahbarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev bayonotiga asoslangan holda.

AQSh Suriyadagi IShID guruhini Asad vaqtida yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda>>

Suriyada hokimiyat tepasida prezident Bashar Asad bor ekan, mamlakat hududidagi IShID terrorchilik guruhini yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda AQSh. Bu haqda AQSh Kongressi quyi palatasining tashqi ishlar qo‘mitasida AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq masalasida yordamchisi Enn Patterson aytib o‘tgan.

AQSh, Isroil, Gruziya va Ukraina BMTda Rossiyaning fazoda qurollanishni taqiqlash tashabbusiga qarshi ovoz berdi>>

AQSh, Isroil, Gruziya va Ukraina BMTda Rossiyaning fazoda qurollanishni taqiqlash tashabbusiga qarshi ovoz berdi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.

Suriya armiyasi Damashq yaqinida saudiyalik yollanma jangchilar guruhini yo‘q qildi>>

Suriya hukumat qo‘shinlari Damashq shahri chetida 24 nafar xorijlik jangarilarni yo‘q qildi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, ularning aksariyat qismi Saudiya Arabistonidan kelganlardir.

Nazarboyev Fransiya rahbariyati bilan Qozog‘istondagi sarmoyalar hajmini oshirishni muhokama qiladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Fransiya rahbariyati va tadbirkorlar doirasi bilan mamlakat iqtisodiyotiga sarmoyalar miqdorini oshirishni muhokama qiladi. Qozog‘iston yetakchisni matbuot kotibi Dauren Abayev ma'lumotiga ko‘ra, 5 noyabrda boshlanadigan Fransiyaga tashrifi doirasida Nazarboyev Fransua Olland va fransuz tadbirkorlari bilan muzokaralar olib boradi.

OAV: Venada Suriya bo‘yicha muzokaralar Saudiya va Eron vakillarining tortishuvi tufayli to‘xtab qolay dedi>>

Venada o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Suriya bo‘yicha muzokaralar Eron va Saudiya Arabistoni vakillari o‘rtasidagi tortishuv tufayli to‘xtatib qo‘yilishi mumkin edi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi>>

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar bermoqda.

Kreml AQSh va Britaniyaning A321 halokati haqidagi versiyalarini “spekulyatsiya” deb atadi>>

A321 laynerining halokati haqida taxminlar ilgari surish tergovga yarashadi, boshqalar esa faqat tekshirilmagan axborotni yoki quruq spekulyatsiyalarni bayon qilmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

Fransiya o‘z flotining flagman kemasi “Sharl de Goll”ni IShID bilan kurashga jo‘natmoqda>>

Fransiya hukumati IShID terrorchilariga qarshi kurashga o‘z flotining flagman aviatashuvchi kemasi “Sharl de Goll” boshchiligidagi jangovor guruhni yubormoqda.

Atambayev milliy xavfsizlik qo‘mitasi va bosh shtab rahbariyatini o‘zgartirdi>>

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev milliy xavfsizlik qo‘mitasi va bosh shtab rahbarlarini o‘zgartirdi. Bu haqda prezidenti devoni axborot siyosati bo‘limi xabar berdi.

Mo‘g‘uliston Sog‘liqni saqlash va sport vaziri katta miqdordagi pora olgani uchun qamoqqa olindi>>

Mo‘g‘uliston aksilkorrupsiya xizmati xodimlari 5 noyabrga o‘tar kechasi mamlakat Sog‘liqni saqlash va sport ishlari vaziri Ganxuyagiyna Shiylegdambani qamoqqa olishdi. Bu haqda MONTsAME axborot agentligi xabar tarqatgan.

OAV: Suriyalik ekstremistlar germaniyalik homilador jurnalistni asirda tutib turishibdi>>

“Jabhat an Nusra” terrorchilik guruhi jangarilari germaniyalik homilador jurnalistni asirda tutib turishibdi va uning evaziga Germaniya hukumatidan yirik summali pul talab etishmoqda. Bu haqda Al Arabiya kanali xabar bergan.

Top