07:53 / 08.11.2015
2551

Misr sayyohlik tarmog‘i parvozlar to‘xtatilishi oqibatida qishki mavsumda 500 mln dollarga yaqin ziyon ko‘rishi mumkin

Bir qator davlatlar tomonidan Misrga parvozlarning to‘xtatilishi oqibatida mamlakatning kurortlarida kishki oylar mehmonxonalar bronlashning bekor qilinishidan ko‘riladigan ziyon 500 mln dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Misr sayyohlik palatalari uyushmasi boshqaruvi a'zosi Husam ash-Shoirga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

“Kishki oylarda mehmonxonalar bronlashning bekor qilinishining o‘zidan ko‘riladigan ziyonlar 500 mln dollarga yaqinni tashkil qiladi. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, bu masala 4-5 kun ichida hal bo‘lmaydi. Agar bu holat saqlanib qolsa, Misr bir yil ichida 2 mlrd dollarga yaqin ziyon ko‘radi”, deb aytdi ash-Shoir.

Top