Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: FQB A321 aviahalokati tekshiruvida Rossiyaga yordam beradi
AQSh federal qidiruv byurosi (FQB) Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti tekshiruv ishlarida Rossiyaga yordam berishga rozi bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times yuqori martabali AQSh amaldori xabariga asoslanib.
Avvalroq Moskva samolyot portlovchi qurilma yordamida portlatilgani ehtimolini aniqlashda yordam berish uchun FQBga murojaat etganligi ma'lum qilingan edi.
Ma'lum qilishlaricha, AQSh federal qidiruv byurosi hamda Rossiya federal xavfsizlik xizmati gap “Al-Qoida” va IShID singari umumiy dushmanlar borasida ketsa, tez-tez hamkorlik qilib turadi, deb yozadi gazeta.