Jahon | 11:03 / 08.11.2015
2823
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: “Dizel janjali” tufayli Volkswagen xodimlari AQShga borishga cho‘chimoqda

Germaniyaning Volkswagen konserni xodimlari yaqinda kompaniyaning dizelli dvigatellari bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan janjal tufayli AQShga borishdan cho‘chimoqda, deb yozadi Süddeutsche Zeitung nashri.

Ma'lum qilinishicha, VW rahbari Mattias Myullerning AQShga noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan tashrifi yuristlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Kontsern rahbari u yerga borganida qo‘lga olinishi mumkinligidan qo‘rqilmoqda.
Ayni paytda, kompaniya rahbariyatining Deutsche Welle radiosiga ma'lum qilishicha, bu axborot spekulyatsiyadan boshqa narsa bo‘lmay, xodimlar AQShga bormoqda va borishda davom etadi.