12:51 / 08.11.2015
7970

O‘zbekiston 167.8 mln dollarlik 142 grantga ega bo‘ldi

O‘zbekiston moliya vazirligi taqdim etgan ma'lumotga qaraganda, o‘tgan yilning 9 oyi mobaynida chet el davlatlari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan beg‘araz texnik yordam dasturi doirasida umumiy qiymati 167.8 mln dollarlik 142 grantni jalb qildi.

Texnik ko‘mak mablag‘larining eng katta qismi sog‘liqni saqlash, ta'lim, fan, maorif, malaka oshirish, shuningdek, iqtisodiyot, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Yanvardan sentabrga qadar bu yo‘nalishlardagi loyihalar tegishli ravishda 69.8, 47.6 va 19.9 mln dollar jalb qildi.

Bundan tashqari, qishloq va suv xo‘jaligi, ijtimoiy himoya, madaniyatni rivojlantirish singari sohalarga e'tibor qaratib kelinmoqda.

Top