19:30 / 08.11.2015
21573

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanmoqda

Mamlakatimizda aholiga jahon andozalari darajasida, yuqori tibbiy texnologiyalar vositasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan tortib, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan bo‘g‘inni qamrab oluvchi mukammal tizim tufayli aholining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi uzaydi. Onalar va bolalar o‘limi keskin kamaydi.

Respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ulkan yutuqlar jahon hamjamiyati e'tirofiga tushdi. O‘zbekistonning "Sog‘lom ona – sog‘lom bola" milliy modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etilgani bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2006 yil 12 sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari bayrami sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Bu ushbu soha vakillarining mehnati yurtimizda yuksak qadrlanayotganiga yorqin misol bo‘la oladi.

Shu munosabat bilan Kun.uz sayti xodimlari barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etadi. O‘zlarining mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli ishlari bilan xalqimiz koriga, salomatligi yo‘lida jon chekib qilayotgan mehnatlari bundan-da yuksak e'tiroflarga sazovor bo‘lsin.

Top