Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Rossiya harakatlarini harbiy vositalar yordamida cheklab turadi
AQSh “xalqaro tartibga rahna solayotgan” Rossiyaga qarshi harbiy, siyosiy va iqtisodiy vositalardan foydalanishi mumkin. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Eshton Karter Simi-Velli shahridagi (Kaliforniya shtati) Ronald Reygan xotira kutubxonasida o‘tgan harbiy-siyosiy konferensiyada bayonot berdi.
“Yevropada Rossiya Ukraina va Gruziya suverenitetini buzmoqda, Boltiqbo‘yi davlatlarini qo‘rqitmoqda, Suriyada esa xavfli ixtilof olovini yanada alangalatib, o‘zi kurashmoqchi bo‘lgan ekstremizmni kuchaytirmoqda”, - dedi Pentagon rahbari.
Ammo enga achinarlisi “yadroviy qurolning ko‘z-ko‘z qilinayotgani” bo‘lib, bu “Rossiya rahbariyatining strategik barqarorlikni saqlashga sodiqligini shubha ostiga qo‘ymoqda”.