Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Popular Mechanics: Rossiyaning “Shmel” ognyometi dushmanlarga haqiqiy qo‘rquv soladi
Rossiyaning reaktiv piyoda ognemyoti “Shmel” (tukli ari) AQShda chop etiladigan Popular Mechanics nashri mualliflarining hayratiga sabab bo‘ldi. Mualliflarning ta'kidlashicha, bu ognemyot o‘zining “yoqimtoy” nomiga qaramasdan, uning o‘lim xavfi soluvchi kuchi dushmanlarga haqiqiy qo‘rquv soladi.
“Shmel” bu termobarik qurol bo‘lib, unda portlovchi modda va katta miqdorda yoqib yuboruvchi yonilg‘i aralashmasi ishlatilgan. Qurolning o‘qi nishonga tekkanda, yonilg‘i aralashmasi havoga purkalib, yonilg‘i bulutining alanganlanishiga va portlovchi zaryadning portlashiga olib keladi. Bunday portlash bunker yoki transheyadan turib jang qilayotgan qo‘shinlarga qarshi ayniqsa samaralidir”, deb yozmoqda mualliflardan biri.
Nashr shunga e'tibor qaratmoqdaki, snaryadning portlovchi kuchi shunchalik kattaki, uning olovli buluti diametri 7 metrgacha yetadi, bu esa og‘ir texnikaga qarshi samarali kurashish va katta bosimda “binolarni ichidan portlatishga” yordam beradi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Rossiya ognemyoti sodda nishonga olish tizimiga ega hamda 730 metrgacha uzoqlikdagi nishonlarni bexato urishga imkon beradi.