18:53 / 08.11.2015
2881

Qoraqalpog‘istonda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqaruvchi shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqaruvchi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

“SVOJJDLQK departamentining Beruniy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro M. Safayeva o‘z uyida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola moyjuvoz uskunasida paxta chigitidan iste'molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ ishlab chiqarib, sotish bilan shug‘ullanib kelgani aniqdlandi”, - deyiladi xabarnomada.

Voqea joyidan 210 kg paxta chigiti, 80 kg sifatsiz yog‘ topilgan.

Top