Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda MDH davlatlari orasida yagona tibbiy samolyot ishga tushiriladi
Qozog‘iston tibbiyot turizmi assotsiatsiyasining tashabbusi bilan MDH davlatlari orasida birinchi va hozircha yagona bo‘lgan tibbiy samolyoti — LearGet-45 ishga tushiriladi. Uning borti tamomila tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, uchish vaqtida ham jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazsa bo‘ladi. U xalqaro miqyosda parvozlar uyushtiradi. Bu haqda BNews.kz xabar bermoqda.
Qozog‘iston Respublikasi parlamentidagi ijtimoiy-madaniy taraqqiyot qo‘mitasi a'zosi Nadejda Petuxovaning ma'lum qilishicha, yangi samolyotning bortida bir vaqtning o‘zida ikki bemorga yordam ko‘rsatilishi mumkin. Bundan tashqari, asosiy va yordamchi xodimlar uchun ham joy ajratilgan.
Samolyot bortida faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlari ichida yuqori malakali travmatolog, anesteziolog, akusher-ginekolog, pediatr kabi soha vakillarini uchratish mumkin bo‘ladi. Tug‘uruq jarayonini namunali o‘tkazish uchun samolyot borti zarur qurilmalar bilan jihozlangan. Samolyot ichidagi havo bosimi maxsus datchiklar yordamida nazorat qilib boriladi. Shu bois unda olib ketilayotgan bemorga bu borada muammo tug‘ilmaydi.
ASPAN aviakompaniyasi bosh direktorining aytishicha, LearGet-45 samolyotini yaqin kunlarda foydalanishga tushirilishi rejalashtirilgan.