Sport | 11:26 / 08.11.2015
4180
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik bokschi WBA bo‘yicha vaqtinchalik chempionga aylandi

Qozog‘istonlik bokschi Janat Jakiyanov Monakoda bo‘lib o‘tgan jangda venesuelalik raqibi Yonfrez Parexo ustidan g‘alaba qozonib, WBA (interim WBA World bantamweight title) versiyasi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sports.kz sayti xabar bermoqda.

Jang 12 raund davom etib, sudyalarning qaroriga muvofiq qozog‘istonlik sportchi foydasiga hal bo‘ldi.

Rikki Xaton jamoasi yangi chempionlik kamarini bokschining “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali namoyish etdi.