Jahon | 16:14 / 08.11.2015
4307
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada to‘qnashib ketgan samolyotlardan birining yo‘lovchisi evakuatsiya chog‘ida trapdan qulab tushdi

Xabarovsk aeroportida Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyaga tegishli Boeing 777 samolyoti uchishga hozirlanayotgan paytda An-26ga tegib ketgani natijasida uning yo‘lovchilari evakuatsiya qilingan edi. DVNovosti portalining xabar qilishicha, yo‘lovchilardan biri evakuatsiya chog‘ida trapdan qulab tushgan.

Samolyot bortida jami 400 kishi bo‘lgan. To‘qnashuv chog‘ida hech kim zarar ko‘rmagan. Ammo evakuatsiya chog‘ida yo‘lovchilardan biri yengil jarohat olgan.

Evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar boshqa aviatransport bilan Moskvaga uchib ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish